Istanbulning Beyoğlu tumanida 11-oktabr Xalqaro qizlar kuni doirasida uchinchi marotaba tashkil etilgan Qizlar futbol turniri qiziqarli manzaralarga boy bo’ldi. Maydonda to’p surgan yosh sportchi qizlar o’zlarining o’yinlari bilan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’lishdi.
Ayollar futbolining ilk murabbiyi marhum Nurcan Çelik xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgan ushbu mazmunli musobaqada Dudulluspor chempionlik unvonini qo’lga kiritdi. G’olib jamoa o’yinchilariga kubok va medallarni Beyoğlu munitsipaliteti raisi o’rinbosari Sefer Karaahmetoğlu topshirdi.
Beyoğlu Belediyesi



