Kartal Cemevi, Istanbul shahrining Kartal tumanida Alevi musulmonlarga xizmat ko’rsatadigan cemevidir.
Bino 1993-yilda Kartal Cemevi Madaniyat, Ta’lim va Ijtimoiy Yordam Uyushmasi nomi ostida tashkil etilgan.
O’sha davrdagi Kartal hokimi Mehmet Ali Büklü cemeviga yer ajratilishiga bosh-qosh bo’lgan.
Binoni qurish xarajatlarining katta qismi mahalliy ishbilarmonlar tomonidan moliyalashtirilgan.
Cemevi binosi arxitektor Gökçe Gencay tomonidan loyihalashtirilgan.
Loyiha jarayonida Saljuqiylar me’morchiligi hamda Anadolu tekkalari va dargohlari arxitekturasidan ilhom olingan.
Tashkil etilganidan ko’p o’tmay, 1996-yilda uyushma maqomi yopilib, Kartal Cemevi Jamg’armasi nomi bilan qayta tashkil etilgan.
Wikimedia research dossier · Oxirgi tekshiruv: 2026-10-26 06:10:46


