Qiz minorasi, Istanbul Bogazining Marmara dengiziga yaqin qismida, Uskudar qirg’og’i yaqinidagi kichik bir orolchada joylashgan. Qadimgi davrlarda arkla va damialis nomlari bilan atalgan bu orol, miloddan avvalgi 408 yilda afinalik sarkarda Alkibiad tomonidan Qora dengizdan keladigan kemalar uchun bojxona va maxsus stansiya sifatida qurilgan.
Tarix davomida ko’p marta qayta qurilgan minoraning poydevori va quyi qavatida Vizantiya va Usmonli davrlariga oid izlar mavjud. 1110 yilda Vizantiya imperatori I. Aleksios tosh devor bilan himoyalangan yog’och minora qurgan va bu yerdan tarixiy yarim oroldagi Mangana mavzesiga tomon temir zanjir tortilgan. 1453 yilda Istanbulning fethi paytida minorada venesiyalik Gabriele Trevisano qo’mondonligi ostida Vizantiya garnizoni bor edi.
Minora Usmonli davrida Fotih Sulton Mehmed tomonidan kuzatuv minorasi sifatida foydalanila boshlangan. Asrlar davomida tomosha platformasidan mudofaa qal’asigacha, surgun stansiyasidan karantin xonasigacha turli vazifalarni bajargan, shuningdek, Bogazdan o’tadigan kemalardan soliq olinadigan markaz bo’lgan.
Vaqt o’tishi bilan zilzilalar va yong’inlar tufayli katta zarar ko’rgan bino 1509 yilgi zilzilada vayron bo’lib, 1721 yilda yonib ketgan. Sadr vazir Damat Ibrohim Poshoning buyrug’i bilan mayoq sifatida qayta tiklangan minora 1731 va 1734 yillarda ta’mirlangan, 1763 yilda esa chidamliroq toshdan qayta qurilgan. 1832 yilda Sulton II. Mahmud tomonidan restavratsiya qilingan minora hozirgi ko’rinishini va II. Mahmudning tug’rasini shu davrda olgan.
Minoraning me’morchiligi haqida Avliyo Chalabiy binoning dengiz ichida quruqlikdan bir o’q otim masofada, to’rt burchakli, 80 arshin balandlikda va ikki eshikli ekanini ta’kidlagan. Eminonu tarafida kengroq maydon va sardobani o’z ichiga olgan binoning atrofidagi maydon keng qilib qoplangan.
Qiz minorasi nomi bilan uyg’unlashib ketgan bino haqida turli afsonalar aytiladi. Ulardan biri imperator ilish chaqishi natijasida o’lishi bashorat qilingan qizini himoya qilish uchun minoraga qamashi va savatda kelgan meva ichidagi zaharli ilon qizni chaqqani haqidagi hikoyadir. Boshqa bir rivoyat esa Leandrosning sevgilisi Xeroga yetib borish uchun Bogazni suzib o’tishini hikoya qiluvchi qadimgi yunon mifologiyasidir.
Respublika davrida 1945 yilda port boshqarmasi tomonidan ta’mirlangan minora 2000 yilda 49 yilga ijiraga berilgandan so’ng restoran va kafe sifatida xizmat qila boshladi. 1999 yilgi zilziladan keyin po’lat tayanchlar qo’shilgan minora 2021 yilda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan boshlangan keng ko’lamli restavratsiyadan so’ng 2023 yil may oyida qayta ziyoratga ochildi.
Hozirgi kunda Salajak va O’rtakoydan qayiqlar va maxsus kemalarda boriladigan Qiz minorasi mayoq vazifasini bajarishda davom etish bilan birga Uskudar va Istanbulning eng muhim ramzlaridan biri sifatida mahalliy hamda xorijiy mehmonlarni kutib olishni davom ettirmoqda.
Wikimedia research dossier · Oxirgi tekshiruv: 2026-08-13 04:16:32


